Facebook ijtimoiy tarmog‘i rahbariyati AQShdagi saylovlarda siyosiy mojarolarga olib kelishga ulgurgan soxta xabarlarga qarshi kurash strategiyasini taqdim etdi, deb yozadi «Daryo».
Kompaniyaning yangiliklar bilan ishlash bo‘yicha vise-prezidenti Jon Xejmen ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoqdagilar yolg‘on ma’lumot tarqatilishiga qarshi kurash zarurligini tushunadi, ammo shu bilan bir vaqtda Facebook o‘zining axborot almashish uchun ochiq maydon sifatidagi rolini saqlab qolmoqchi.
Dastlab kompaniya foydalanuvchilar uchun yolg‘on xabarlar paydo bo‘lgani haqida xabar qilish imkoniyatini yengillashtiradi. Agar u haqda ma’lum sondagi foydalanuvchilar xabar bersa, ma’lumot tekshirilish uchun axborot agentliklari yoki ma’lumotlarni tekshirish bilan shug‘ullanuvchi boshqa kompaniyalarga yo‘naltiriladi.
Fakt sifatida tasdiqlanmagan yangiliklar ijtimoiy tarmoqdan yo‘qolmaydi, biroq ular «bahsli» deb belgilanadi va foydalanuvchilarning yangiliklar tasmasida pastroqda paydo bo‘ladi. Bunday yangilik bilan bo‘lishish mumkin, ammo u holda foydalanuvchi yangilikning «bahsli» ekanligi haqida yana bir marta ogohlantirish oladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi