Facebook kompaniyasi Messenger dasturida guruh videoqo‘ng‘iroqlarini ishga tushirganini ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo». Unga 50 nafargacha tarmoq foydalanuvchilarini ulash mumkin. Shu bilan birga, suhbat ishtirokchilari selfi-niqoblar, animasiyalangan GIF-tasvirlar va stikerlardan foydalanishi mumkin.
Guruh chatida tegishli tugmani bosish orqali bir yo‘la bir necha foydalanuvchiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Shuningdek, menyuda suhbat ishtirokchilarini tanlash kerak bo‘ladi.
Agar ishtirokchilardan qaysidir biri qo‘ng‘iroqqa javob bermasa ham, u keyinroq videokonferensiyaga istagan vaqtida qo‘shila oladi.
Suhbatga 50 nafar foydalanuvchini ulash imkoniyati mavjud bo‘lishiga qaramay, faqat ularning olti nafaridan iborat videolar aks etadi, bular eng faol foydalanuvchilardir.
Ishlab chiquvchilar ta’kidlashicha, ushbu funksiya Messenger’ning so‘nggi versiyasi foydalanuvchilari uchun yaqin vaqtlarda ochiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak"