Amerikaning Apple kompaniyasi 2017 yilning aprelidan Hindistonning Bangalor shahrida ham o‘z mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar berdi.
Apple mahsulotlarini yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi Tayvanning Wistron kompaniyasi Bangalor sharqidagi sanoat xabida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.
Manbaga ko‘ra, ishlab chiqarish operasiyalari aprel oyidan boshlanadi, 2017 yilning oxiriga borib esa, to‘liq qamrovli ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Apple'ning Hindistondagi bozorga qiziqishi boshqa mamlakatlar bozorlaridagi tanazzul fonida bu mamlakatdagi sotuvlarning ijobiy dinamikasi bilan izohlanadi.
Counterpoint Technology Market Research ma’lumotlariga ko‘ra, Apple 2015 yil oktyabridan 2016 yilning sentyabriga qadar 2,5 million iPhone smartfonlarini sotgan. Bu yillik hisobda 50 foizga o‘sishni bildiradi. Biroq Apple'ning hind bozoridagi ulushi juda kam. Strategy Analytics kompaniyasining avgust oyida o‘tkazgan tadqiqoti Apple iOS operasion tizimining ulushi joriy yilning ikkinchi choragida atigi 2,4 foizni tashkil qilganini ko‘rsatdi. Shuningdek manbada Hindistonning smartfon bozori kelasi yilda Amerika bozorini ortda qoldirib, dunyo miqyosida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilishi kutilayotgani ta’kidlangan.
Joriy yilning may oyida Apple rahbari Tim Kuk Hindistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida 2017 yilning boshida Bangalorda loyihalashtirish va ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlovchi markaz ochish rejalari haqida ma’lum qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi
Islandiyada atmosferadagi ifloslanishni tozalaydigan yirik zavod ish boshladi
Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi
London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi"
Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi