Yaponiya koinotga kuzatuv sun’iy yo‘ldoshini uchirdi

  • 17 mart 2017, 18:02
  • 3 955
  • Texnologiya
  • Yaponiya koinotga kuzatuv sun’iy yo‘ldoshini uchirdi

    Yaponiyaning aerokosmik agentligi (JAXA) koinotga Radar-5 kuzatuv sun’iy yo‘ldoshini uchirdi. Bu haqda «RBK»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

    Kosmik kema Tanegasima kosmodromidan tashuvchi raketa — H-2A yordamida uchirildi. Uchirish jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilindi.

    «RBK»ning xabariga ko‘ra, sun’iy yo‘ldosh Er sathini kuzatish imkonini beruvchi qurilmalar bilan jihozlangan. Sun’iy yo‘ldosh monitoring ishlarini yuritish bilan birga KXDRdagi harbiy faollikni ham kuzatib boradi.

    Shuningdek, ballistik raketalarni uchirish kompleksining qurilish ishlarini nazorat qilish imkonini beradi.

    Bundan tashqari sun’iy yo‘ldoshga tabiiy ofatlar natijasida etkazilgan zararlarni baholash xizmati ham o‘rnatilishi mumkin. Sun’iy yo‘ldoshning optik tarmoqlari maxsus radioto‘lqin nurlar yordamida nafaqat yaxshi, balki kechgi yomon ob-havo sharoitida ham kuzatuvlarni olib borish imkoniyatiga ega.

    Yaponiya bundan oldingi kuzatuv kemasini koinotga 2015 yilning fevralida uchirgan edi.

    Shu yilning yanvar oyi o‘rtasida Yaponiya mitti sun’iy yo‘ldoshini dunyodagi eng kichkina — SS-520 tashuvchi raketasi yordamida uchirgan. Lekin texnik nosozliklar sababli JAXA mutaxassislari parvozni to‘xtatishgan va kosmik kema dengizga qulagan edi.

    Фикрлар

    » » Yaponiya koinotga kuzatuv sun’iy yo‘ldoshini uchirdi