18:38 / 17.03.2017
6 991

Biznes bo‘lsa, faqat ochiq-oydin bo‘lsin: Beeline O‘zbekistonda ilk marotaba Ta’minotchilar kunini o‘tkazdi

Biznes bo‘lsa, faqat ochiq-oydin bo‘lsin: Beeline O‘zbekistonda ilk marotaba Ta’minotchilar kunini o‘tkazdi

Beeline O‘zbekistonda ilk marotaba Vendor Day (“Ta’minotchilar kuni”) formatidagi tadbirni o‘tkazdi. Maqsad – ta’minotchilar bilan hamkorlik masalalarini ochiq muhokama qilish va o‘zaro manfaat asosida yanada shaffof biznesni olib borish bo‘yicha mustahkam aloqalarning yangi yo‘llarini topishdir. Beeline uning bir qismi bo‘gan Veon kompaniyalar Guruhi (Amsterdam, Niderlandiya) top-menejmenti vakillari Vendor tadbirida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurishdi.

Voqeani sharhlar ekan, VimpelCom Ltd. operasion samaradorligi bo‘yicha direktori Aleksandr Matyushka shunday dedi: “Bugun men shu erda, Toshkentda – Veon‘ning birinchi mahalliy “Ta’minotchilar kuni” tadbirining birida ishtirok etayotganimdan hursandman. Bunday formatning noyobligi nimada? Avvalom bor, mening chuqur ishonishim bo‘yicha, eng yirik global telekom-provayderlardan biri bo‘lib qolish uchun, biz mavjud bo‘lgan bozorning hususiyatlarini yaxshi anglashimiz lozim. Bugungi kunda bu butun dunyo bo‘ylab 240 milliondan ziyod abonentlarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan 12 operatordir. Bu haqiqatdan ham juda muhim narsa: operasion kompaniyalar – bu o‘z noyob madaniyatiga ega bo‘lgan, siz insonlar bilan birga muloqotda bo‘lib ishlaydigan turli mamlakatlardir. Biz o‘z hamkorlarimizga Guruhimizning strategiyasi va qadriyatlarini, muhimi esa – Veon‘ni yaqin kelajakda oldinga jadal intilishiga va etakchi o‘rinni saqlab qolishiga ko‘mak beruvchi innovasion g‘oyalarni etkazishga harakat qilamiz”.

Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasining konferens-zalida Unitel va Buzton kompaniyalari o‘zlarining o‘nlab eng yirik biznes-hamkorlarini yig‘ishdi va Beeline va Veon‘ning kelajakdagi operasion modeli va rivojlanish strategiyasini taqdim etishdi. Ta’minotchilar kuni dasturidagi muzokaralar bo‘limining natijasida esa qator loyihalar bo‘yicha hulosalar sarhisob qilindi.

“Beeline butun Veon Guruhi bilan birgalikda transformasiyalashmoqda, an’anaviy telekom-operatordan biz o‘zining data-sentrik biznes-modeli bilan IT-industriyaga o‘tmoqdamiz – deydi Unitel MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov. – Biz oldinga jadal qadamlar bilan harakatlanmoqdamiz, va bizning maqsadimiz Beeline ta’minotchilari nafaqat bizning so‘rovlarimizga javob bera olishligini, balki tezkor harakatlanayotgan bozor talablariga ham javob bera olishliklarini ta’minlash. Buning uchun hamkorlarimiz kompaniyaning maqsad va rejalarini, ravshan va o‘zaro manfaatli hamkorlikda qurilgan, shuningdek ish ahloq-qoidalariga mos ishga bo‘lgan yondashuvni tushunishlari lozim”.

Tantanali marosim Vendor’s Day‘ning kulminasiyasiga aylandi. Hamkorlarga turli nominasiyalarda ramziy sovrinlar topshirildi. Bu turli yo‘nalishdagi kompaniyalar ichidan Beeline‘ga eng sodiq bo‘lgan ta’minotchilarga bo‘lgan minnatdorchilikning o‘ziga hos belgisidir.

Mahalliy Vendor Days VimpelCom o‘z faoliyatini olib borayotgan barcha mamlakatlarda bo‘lib o‘tmoqda va kompaniyalarning hamkorlik qilishiga barcha sharoitlarni ta’minlovchi g‘oya va takliflar bilan almashish uchun platforma sifatida ishlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Biznes bo‘lsa, faqat ochiq-oydin bo‘lsin: Beeline O‘zbekistonda ilk marotaba Ta’minotchilar kunini o‘tkazdi