2016 yilning oktyabr oyida taqdim etilgan Xiaomi Mi MIX smartfoni jahonning ilk deyarli ramkadan holi mobil telefoni sifatida raqobatda IPhone 7S hamda Samsung Galaxy S7 kabi «kuchli»lar bilan bellasha boshladi. Xiaomi shu kunlarda mazkur smartfonning 2-avlodi bo‘lgan Xiaomi Mi MIX 2’ni namoyishga tayyorlamoqda, deb yozmoqda Terabayt sayti.
Xiaomi bosh direktori Ley Szyun bu modelning tashqi dizayni ham mashhur fransiyalik dizayner-texnolog Filipp Stark tomonidan tayyorlanayotganini aytgan. Joriy yil yakuniga qadar Xiaomi kompaniyasi Mi MIX 2’ni taqdim qiladi.
Internetda hozirdanoq Mi MIX 2’ga oid suratlar tarqalmoqda. Ularda smartfonning orqa panelida qo‘sh ob’ektivli bosh kamerani, barmoq izlari skanerini ko‘rish mumkin. Ammo, ba’zi insayderlar barmoq izlari skaneri shisha ekrandan o‘rin olishini ham yozishmoqda.
Texnolog tahlilchi Pan Djiutangning aytishicha, Mi MIX 2 devaysi 6,4 dyuymli displey bilan ta’min qilinadi. Old panelning 93% qismi ekrandan iborat bo‘lib, uning matrisasi AMOLED bo‘ladi va ekran ikki yonga bukilgan dizaynda tasvirlangan. Shuningdek, Mi MIX 2’da tezkor xotira sig‘imi 6 GB, doimiy xotira 128 GB bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda