30 mart kuni Telegram’da ovozli qo‘ng‘iroqlar funksiyasi paydo bo‘ldi, deb yozadi Daryo. Dastlab ular faqat G‘arbiy Evropa foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangani, boshqa mamlakatlarda esa undan bir necha kundan keyin foydalanish mumkin bo‘lishi aytilgandi.
Ammo qo‘ng‘iroqlarni hozirning o‘zidayoq ishga tushirish mumkin, deb yozadi nashr. Funksiya to‘g‘ri ma’noda virus kabi tarqalmoqda. Agar tanishlaringizdan birortasida qo‘ng‘iroqlar funksiyasi ishlayotgan bo‘lsa, undan sizga qo‘ng‘iroq qilishni so‘rang, shunda sizda ham bu funksiya ishga tushadi. Faqat, dasturning so‘nggi versiyasini o‘rnatishingiz kerak, aks holda sizga qo‘ng‘iroq qilisha olmaydi.
Telegram qisqa vaqt ichida faqat 50 marta qo‘ng‘iroq qilish imkonini beradi, shundan so‘ng ushbu imkoniyatni bloklab qo‘yadi — bu, ehtimol vaqtinchalik bo‘lishi mumkin. Ammo, shu tariqa, foydalanuvchilar yangi funksiyaning virusli reklamasida ishtirok etish bilan birga, uni biryo‘la sinovdan ham o‘tkazmoqda: bu — oqilona reklama yo‘li, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi