iPhone 7 va 7 Plus’dagi muammolar

  • 15 aprel 2017, 10:32
  • 3 265
  • Texnologiya
  • iPhone 7 va 7 Plus’dagi muammolar
    Apple so‘nggi avlod smartfonlari ko‘pchilikning havasini keltirsa-da, ularda ham texnik nuqson va dasturiy ta’minotida kamchiliklar uchrab turibdi, deb yozadi Terabayt sayti.

    Jumladan, AppleInsider.ru sayti o‘quvchilarining savollariga ModMac servis markazi mutaxassislari bergan javoblarda ham iPhone 7 hamda iPhone 7 Plus gadjetlarining kamchiliklari xususida gap boradi.

    Masalan, thinkdifferent nikli muxlis savoli:

    Salom! Menda qora iPhone 7, 128 GB, iOS 10.2.1. Qurilmani o‘chirganimda ekranning o‘rtasida o‘ng chekkadan nozik gorizontal oq chiziq paydo bo‘ladi. Qalinligi 1-2 millimetr. Bu qandaydir qo‘rqinchli narsami yoki shunchaki bagmi?

    ModMac servis markazi mutaxassislari javobi:

    Salom! iOS 10 tizimiga yangilanish bilan shunaqa effekt paydo bo‘ladigan bo‘lib qoldi. Birinchi versiyalarida turli ranglarda tikka chiziqlar bo‘lar, yoki umuman ekran qizil rangda o‘chib-yonardi, keyingi yangilanishlarda esa «olma»dan ikki santimetrcha pastda chiziq chiqadigan bo‘ldi.

    chilpoglidi nikli muxlis shunday savol bergan:

    Xayrli kun. Menda iPhone 7 Plus, xarid qilganimdan ikki hafta o‘tib, ekranda «qisirlash» yuzaga keldi. «Home» tugmachasini bosganimda ham, korpusni ikki tomonidan sal siqqanimda ham qisirlaydi. Bu holat xavflimi, sababi nima bo‘lishi mumkin? Oldindan rahmat.

    Mazkur savolga ModMac servis markazi mutaxassislari bunday javob berishgan:

    Xayrli kun! Tasvirlashingizga qaraganda, bu smartfonni yig‘ishdagi texnologik nuqsonga o‘xshayapti. Bemalol rasmiy servis markaziga murojaat etishingiz va bu muammoni hal etishlarini so‘rashingiz mumkin!

    Shuningdek, «jilosiz qora» (Matte Black) hamda «jilodor qora» (Jet Black) rangli iPhone 7’larda ko‘zga tashlanayotgan eng katta muammo sifatida ularning korpusidagi tirnalishlar ta’kidlangan edi.

    Ammo, AppleInsider.ru saytining yozishicha, korpusdagi tirnalishlar – Apple «jilodor qora» flagmanlarining yagona muammosi emas. Ulardagi yana bir nuqson ko‘zga tashlanyapti – ishqalanishlar natijasida vaqt o‘tishi bilan silliq korpus edirilib, xira tortib qolyapti ekan. Bu haqda Reddit portalining tekson_ nikli foydalanuvchisi xabar berib, suratini ham taqdim etgan.

    Uning aytishicha, yuzaga kelgan brak holati sababli smartfonni almashtirib berishlarini talab qilganida, rad etishgan. Kompaniya saytida mazkur yagona nuqson haqida yozilganligi bois, ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar mazkur defektni mahsulotni almashtirib berish uchun asos bo‘la olmaydi, deyishmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » iPhone 7 va 7 Plus’dagi muammolar