12:51 / 30.04.2017
6 167

120 soat ichida dunyo bo‘ylab sayohat: rossiyalik biznesmen rekord o‘rnatish niyatida

120 soat ichida dunyo bo‘ylab sayohat: rossiyalik biznesmen rekord o‘rnatish niyatida
Aprel oyi oxirida «Renova» guruhi rahbari Viktor Vekselberg Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda Er bo‘ylab parvoz qilish uchun Quyosh batareyalarida harakatlanuvchi uchish apparatini yaratish niyatida ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “Daryo” nashri.

Biznesmen havo kemasi Er kurrasi bo‘ylab parvozni 120 soatda amalga oshirib, yangi jahon rekordini o‘rnatishini ma’lum qildi.

2016 yilning yozida dunyo bo‘ylab sayohatni yakunlagan Solar Impulse 16 marta qo‘nishga majbur bo‘lgan edi. «Renova» esa qo‘nmasdan parvoz qilishni nazarda tutmoqda.

Rossiya loyihasi uch bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda: birinchi bosqichda balandda uchishga moslashtirilgan laboratoriya yaratiladi. Ikkinchi bosqichda uchish apparatini ishlab chiqish va barpo etish, uchinchi bosqichda esa Er bo‘ylab parvoz amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 120 soat ichida dunyo bo‘ylab sayohat: rossiyalik biznesmen rekord o‘rnatish niyatida