13:08 / 26.05.2017
6 001

«Mail. ru group» yangi messenjer yaratdi

«Mail. ru group» yangi messenjer yaratdi
«Mail. ru group» kompaniyasi «Ok Soobщeniya» messenjeri o‘rniga «TamTam» messenjerini yaratdi. Bu ixtiro uchun kompaniya mutaxassislari atigi to‘rt oy bosh qotirishdi va nihoyat tayyor bo‘ldi. «Tam-Tam» orqali kompaniya mijozlari bir-birlariga xabarnomalar, suratlar, musiqa, videoxabarlarni bemalol jo‘natishlari mumkin bo‘ladi. Messenjer eng kuchsiz internet signallari bilan ham a’lo darajada ishlaydi.

«Tam-Tam» loyihasi rahbari Vladimir Kochetkovning aytishicha, yangi loyiha juda kam megabayt sarflanishiga moslashgan. Bu mijozlarga albatta ma’qul keladi. Mijozlar millionlab foydalanuvchilar orasidan yangi do‘stlar bilan oson tanishish imkoniga ega bo‘lishadi. Bu loyihaning plyus jihatlaridan biridir. Qolaversa, messenjer reklamalardan xoli, asosiysi, bepul.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Mail. ru group» yangi messenjer yaratdi