Apple kompaniyasi iPhone 8 smartfonlarini ishlab chiqarishga kirishdi. Bu haqda OnLeaks taxallusi bilan mashhur insayder Stiv Xammerstoffer ma’lum qildi, deb yozmoqda Daryo nashri.
Xammerstoffer o‘z manbalariga asoslanib ma’lum qilishicha, ishlab chiqarishga reja bo‘yicha kirishilgan va iPhone 8 ning savdolari boshlanishi bilan kechikishlar bo‘lmasligi lozim.
Bundan tashqari, bu yangilik ishlab chiqarish jarayonidan yanada ko‘proq ma’lumotlar sizib chiqishiga imkon yaratadi. Shu sababli ham iPhone 8 rasmiy taqdimotiga qadar to‘la fosh etib qo‘yilishi mumkin.
Ayni vatqda, ba’zi manbalarga ko‘ra, iPhone 8 biroz kech savdoga chiqariladi. Bu nafaqat OLED-displeylar etishmovchiligi bilan, balki texnik muammolar bilan ham bog‘liq. Deutsche Bank tahlilchilarining so‘zlariga ko‘ra, Apple muhandislari ba’zi texnologiyalarni ro‘yobga chiqarishda muammolarga duch kelgan.
Yangi iPhone kuzda, Apple kompaniyasining an’anaviy taqdimoti vaqtida namoyish etilishi kutilmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, smartfon hoshiyasiz OLED-dislpeyli bo‘ladi. Shuningdek, unda simsiz quvvatlantirish tizimi va yuz skaneri bo‘lishi ham kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi