Odnoklassniki foydalanuvchilar do‘stlari va obunachilari bilan o‘z kayfiyatlari bilan bo‘lishish imkonini beruvchi postlarning yangi formatini ishga tushirdi. “Kayfiyatlar” xizmati profil tasmasida yorqin fonga ega status qo‘yish va uni o‘z matni bilan to‘ldirish imkonini beradi.
Sinov davridayoq yangi xizmat juda ommabop bo‘lib ulgurdi: bir sutkada OKda 30 mingdan ortiq kayfiyatlar bilan statuslar chop etilmoqda. Biroz oldin OKda postlarni katta harflar va uni rangli fon bilan chop etish imkoniyati paydo bo‘lgan edi. Ushbu ikki format sababli foydalanuvchilarning faolligi oshdi: postlar soni ikki barobarga oshdi.
Foydalanuvchilar “Baxtliman”, “Sovg‘alar xohlayman”, “Bayram qilmoqdaman” va boshqa taklif qilingan kayfiyatlaridan birini tanlashlari mumkin. “VIP-status”ga ega foydalanuvchilar uchun alohida animasiyaga ega statuslar to‘plami mavjud. Foydalanuvchilar ko‘proq ijobiy kayfiyatlar bilan bo‘lishishmoqda: “Baxtliman” statusi barcha chop etilgan statuslarning uchdan birini tashkil etadi. Ikkinchi o‘rindan esa “Sevaman” statusi joylashgan.
Kayfiyatlar bilan qaydlarni ijtimoiy tarmoqning desktop va mobil ko‘rinishlarida yaratish mumkin. Tez orada ushbu imkoniyat OKning iOS va Android ilovalarida ham paydo bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi