Bugungi kunimizni internetsiz tasavvur qilishning imkoni yo‘q. Hozir deyarli har bir uyda internet tarmog‘i bor. Muassasalar ishi ham aynan internet bilan bog‘liq. Bir vaqtlar internet ulash ancha mushkul jarayon edi. Maxsus modemlar orqali inernetdan foydalanish kerak bo‘lgan. Shuningdek, ular uy telefoniga ulanganligi sababli internetdan foydalangan vaqtda uy telefon raqami band bo‘lar edi. Bunday holatlarni bugun tabassum bilan eslaymiz.
Zamonaviy texnologiyalar sabab bunday muammolar bugun bartaraf etilgan. Internet xizmatini taklif qilayotgan kompaniyalar soni ham ancha ko‘p. “Uzonline”, “Turon”, “ICTV”, “Sarkor Telecom”, “TPS”, “Comnet”, “Cron”, “EVO”, “Global Net”, “Golf Stream”, “East Telecom”, “Sharq Telecom” kabi bir necha internet provayderlar o‘z xizmatilarini ko‘rsatishmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni deyarli 15 millionga etgan. O‘tgan yilgiga nisbatan bu yil internet tezligi ham oshgan. 2016 yilda internet provayderlarning umumiy tezligi sekundiga 26,3 Gbitni tashkil qilgan bo‘lsa, bu yil bu ko‘rsatkich sekundiga 65,7 Gbitni tashkil qilmoqda.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi