07:12 / 28.10.2017
6 070

Wal-Mart tovarlarni skanerlovchi robotlarni ishga yollaydi

Wal-Mart tovarlarni skanerlovchi robotlarni ishga yollaydi
Dunyoning eng yirik Wal-Mart savdo tarmog‘i robotlar partiyasini ishga yollaydi. Avtonom qurilmalar do‘kon rastalaridagi tovarlarni skanerlaydi, ularning bor yoki yo‘qligi, ularning etiketkalaridagi xatolarni aniqlaydi. Kompaniyada ta’kidlanishicha, robotlashgan xodimlar odamlarga nisbatan 50 foiz samaraliroq ishlab, skanerlash jarayonini uch karra tez amalga oshirar ekan.

Tovarlarni skanerlovchi robotlar Amerika savdo belgisining Arkanzas, Pensilvaniya va Kaliforniyadagi bir necha do‘konlarida sinovdan o‘tkazilmoqda. Robotlashtirilgan qurilmalar vaqt o‘tgan sari butun Amerika bo‘ylab 50 savdo nuqtalarida paydo bo‘ladi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Avtomatlashtirilgan xodimlar tovarlarning rastalarda bor yoki yo‘qligi, etiketkalar tekshiruvi bilan bir qatorda qaysi tovarlar yetishmayotganini aniqlaydi.

Wal-Mart bu vazifalarni bajarish uchun Bossa Nova Robotics robotlarini ishga yolladi. 61 sm'li harakatlanuvchi bu qurilmalar shtrix-kodlarni skanerlovchi va rastalardagi predmetlarni taniy oluvchi kameralar bilan jihozlangan. Robot xato aniqlasa yoki tovarlarning tugayotganini ko‘rsa, do‘kon xodimlarini bundan xabardor qiladi.

Robot mustaqil ravishda harakatlanadi va 3D-kamera yordamida mo‘ljal oladi. Uning yo‘lida to‘siq paydo bo‘lsa, qurilma texniklar bilan bog‘lanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Wal-Mart tovarlarni skanerlovchi robotlarni ishga yollaydi