Facebookning kunlik auditoriyasi 1 mlrddan ortdi

  • 06 noyabr 2015, 12:42
  • 4 487
  • Texnologiya
  • Facebookning kunlik auditoriyasi 1 mlrddan ortdi

    Mobil qurilmalarning o‘zidan kuniga 894 mln foydalanuvchi kiradi, Facebook oylik auditoriyasi esa 1,5 mlrddan ortadi, deyiladi kompaniyaning hisobotida. Ijtimoiy tarmoqdan sentyabr oyida bir kunda 1,01 mlrd odam foydalangan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 14 foizga yuqoridir, deb yoziladi o‘sha hisobotda.

    Terabayt.uz xabar berishicha, 9 oyda Facebookning sof foydasi 5 foizga qisqardi.

    Har kuni videoroliklarni 500 mlnga yaqin odam 8 mlrd marta tomosha qiladi. O‘tgan yili aprel oyidagi ayni ko‘rsatkich 4 mlrd edi. Facebook tushumi 4,3 mlrd dollarga etdi, bu o‘tgan yili ayni davrdagi tushumdan 45 foizga ortiqroqdir.

    Facebook 2004 yilning fevralida universitet talabasi Mark Sukerberg tomonidan tashkil qilingan. Hozirda Facebook jahondagi eng yirik ijtimoiy tarmoq hisoblanadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Facebookning kunlik auditoriyasi 1 mlrddan ortdi