Norvegiyaning «Avinor» milliy aviakompaniyasi 2040 yilga qadar hozirgi samolyotlaridan to‘liq voz kechib, ichki va Skandinaviyaning boshqa mamlakatlarida parvozlarni amalga oshirishda elektr samolyotlardan foydalanish niyatida. Kompaniyaning ijrochi direktori Dag Falk-Petersenning aytishicha, Norvegiya ushbu qarori orqali elektr transporti sohasida yetakchiga aylanadi, deb xabar berdi «Xabar.uz».
«Biz 1,5 soatgacha bo‘lgan parvozlarning barchasini mutlaq elektr energiyasida harakatlanadigan samolyotlarda amalga oshirish mumkin deb hisoblaymiz», — dedi Dag.
Uning ta’kidlashicha, bu kabi diapazon barcha ichki reyslar va Skandinaviya mamlakatlarining poytaxtlarigacha bo‘lgan masofa uchun yetarli.
Avvaliga aviakompaniya bioyoqilg‘i va gibrid dvigatelli texnologiyalarni sinab ko‘radi. Shuningdek, «Avinor» 19 yo‘lovchiga mo‘ljallangan kichik elektrosamolyotlardan foydalangan holda tijoriy reyslarni amalga oshirish uchun tender tashkillashtirmoqchi. Havo kemasining ilk parvozlari 2025 yilga mo‘ljallangan.
«Avinor» rahbari elektrosamolyotlardan foydalanish Norvegiyaning ekologik holatiga ijobiy ta’sir qiladi degan umidda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat hududidagi «parnik gaz»larining 2,4 foizi havo transportlari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Ekspertlarning fikricha, odam tashuvchi birinchi elektrosamolyotlarning paydo bo‘lishiga hali ancha vaqt bor. Hozirgi akkumulyatorlar yirik samolyotlarni havoga ko‘tarish quvvatiga ega emas. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi