08:39 / 04.04.2018
3 749

Qozog‘istonda Telegram taqiqlanishi mumkin

Qozog‘istonda Telegram taqiqlanishi mumkin
Qozog‘iston hukumati agar Telegram messenjeri o‘z kanallaridan taqiqlangan “Qozog‘iston demokratik tanlovi” (QDT) jamoatchilik harakati materiallarining o‘chirib tashlanishi haqidagi sud qarorini bajarmasa, Qozog‘iston hududida uning faoliyatini cheklab qo‘yadi. Bu haqda Qozog‘iston axborot va kommunikatsiya vaziri Dauren Abayev ma’lum qilgan.

Abayevning aytishicha, Telegram ma’muriyatiga sud qarorini bajarish va QDTning materiallarini o‘chirish yoki Qozog‘iston hududidan ularga foydalanuvchilarning kirishini cheklash bajarilishi haqidagi ogohlantirish xati yo‘llangan.

Ma’lum qilnishicha, maktub ayni vaqtda messenjer ma’muriyati tomonidan ko‘rib chiqilish bosqichida bo‘lib, agar sud qarori ijro etilmasa, unda Telegram Qozog‘istonda cheklanishi yoki to‘liq taqiqlanishi mumkin.

Mart o‘rtasida Ostona sudi QDTni ekstremistik tashkilot deb topgan va Qozog‘istonda uning faoliyatini taqiqlagan. Tashkilotga qochoqlikda yurgan sobiq bankchi Muxtar Ablyazov boshchilik qiladi.

Qozog‘iston bosh prokuraturasida ta’kidlanishicha, Ablyazovning maqsadi hukumatni to‘ntarish va uni qo‘lga olish bo‘lgan. Buning uchun u xorijdan turib qonunga xilof faoliyatni davom ettiradi, qozog‘istonliklarni QDTga kirishga faol tarzda chorlaydi, amaldagi hukumat haqida salbiy tasavvur va norozilik kayfiyatlarini shakllantiradi va shu bilan ijtimoiy adovat va ixtilofni avj oldiradi.

2017 yil iyunda Olmaota sudi Ablyazovni jinoiy to‘da tashkil etish va bankdan mablag‘lar o‘g‘irlashda aybdor deb topib, 20 yilga ozodlikdan mahrum etgan. Biroq sud ko‘p yildan beri xorijda yashab keladigan Ablyazovning o‘zisiz o‘tgan. Qozog‘istonning korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, u tomonidan yetkazilgan ziyon miqdori 7,5 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Qozog‘istonda Telegram taqiqlanishi mumkin