Foto: Xalq ta’limi vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil may oyida Xitoy Xalq Respublikasiga qilgan davlat tashrifi doirasida «Umumta’lim maktablarining 5-9-sinflarida informatika va chet tili fanlarini o‘qitishning sifatini oshirish (1-bosqich)» loyihasini amalga oshirish uchun grant mablag‘larini ajratish bo‘yicha kelishuv amalga oshirildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: Xalq ta’limi vazirligi
Mazkur kelishuv asosida ikki davlat o‘rtasida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida respublika miqyosida umumta’lim maktablarining informatika va chet tili xonalarini jihozlash uchun 1303 komplekt zamonaviy kompyuter texnikasi majmuasini yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Ushbu komplekt o‘qituvchi uchun kompyuter (printer bilan), o‘quvchilar uchun kompyuterlar, interaktiv doska, proyektor, konditsioner, stabilizator, kabel va tarmoq uskunalaridan iborat.
Foto: Xalq ta’limi vazirligi
Bugun, 18 aprel kuni Sergeli tumanidagi 55-sonli maktabda mazkur loyiha doirasida zamonaviy kompyuter va AKT vositalari bilan jihozlangan dastlabki maktabning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov va Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan ishtirok etdi.
Foto: Xalq ta’limi vazirligi
«Umumta’lim maktablarining 5-9-sinflarida informatika va chet tili fanlarini o‘qitishning sifatini oshirish (1-bosqich)» loyihasi asosida yurtimizdagi umumta’lim maktablari umumiy qiymati 108.8 mln. yuan (17 mln. AQSh dollari) miqdorida 18 886 komplekt zamonaviy kompyuter, 1303 komplekt interaktiv doska va proyektorlar bilan jihozlanadi.
Foto: Xalq ta’limi vazirligi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi