Singapur milliy universiteti olimlari oddiy plastik idishlardan turli sohalarda foydalanish mumkin bo‘lgan maxsus aerogellar tayyorlash yo‘lini topishdi.
Ikki yil davomida tadqiqot olib borgan dotsent Xay Min Duong va professor Nxan fan-Txiyen boshchiligidagi olimlar guruhi plastik idishlar asosini tashkil etuvchi polietilentereftalatdan aerogel olish texnologiyasini ishlab chiqishdi.
Olimlarning aytishicha, bitta plastik idishdan A4 o‘lchamdagi aerogel varag‘ini tayyorlash mumkin.
«Aerogel tarkibiga turli aralashmalar qo‘shish orqali turli xomashyolar olishimiz mumkin. Masalan, metil guruhini qo‘shib unga sorbent xususiyatini taqdim etamiz. U suv havzalarini neftdan tozalashda asqotadi. Yoki boshqa qo‘shimcha qo‘shsak, aerogel olovga chidamli va issiqlikni tutib turuvchi moddaga aylanadi. Undan uylar devorlariga qoplama yoki o‘t o‘chiruvchilar kiyimlari uchun mato tayyorlash mumkin. Bularning barchasini biz oddiy plastik chiqindilardan tayyorlay olamiz!», - dedi ixtirochilardan biri. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi