00:53 / 12.01.2019
9 188

«iPhone 11» uchtalik kamera bilan jihozlanishi aytilmoqda (foto)

«iPhone 11» uchtalik kamera bilan jihozlanishi aytilmoqda (foto)
Foto: TJournal
Apple kompaniyasi 2019 yilda iPhone’ning uchta yangi talqinini taqdim etadi: OLED ekranga ega ikkita va LCD ekranli bitta talqin. Taqdim etiladigan qatordagi asosiy smartfon uchtalik kamera bilan jihozlanadi, XR ning vorisi esa ikkitalik kameraga ega bo‘ladi. Bo‘lajak modellarning nomlari hozircha noma’lum. Bu haqda TJournal'ga tayanib, Daryo xabar berdi.

Xabar berilishicha, 2019 yilda taqdim etiladigan smartfonlarning asosiy qismi kameralarning yangi imkoniyatlari bo‘ladi.
Qayd etilishicha, «iPhone 11»ning kichkina talqini ikkitalik kameraga ega bo‘ladi. Uchtalik kamera esa katta va nisbatan qimmatroq talqinlarga o‘rnatiladi.

Foto: TJournal
Jurnalning ma’lumotlariga ko‘ra, Apple qurilmalarni ularning oddiy imkoniyatlarini o‘zgartirib bo‘lmaydigan darajagacha ishlab chiqqan, biroq jarayon hali ham davom etmoqda.

Shuningdek, Apple 2019 yilda XR ni yangilash rejasini ortga surishi va smartfonning yangi talqinini 2020 yilda taqdim etishi mumkin. Qurilmalarning aniq nomlari hozircha noma’lum. Nashr qulaylik uchun ulardan birini iPhone 11, boshqalarini esa iPhone XI deb atamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «iPhone 11» uchtalik kamera bilan jihozlanishi aytilmoqda (foto)