Galaxy A40 kutilganidan arzon narxda sotuvga chiqadi

  • 02 mart 2019, 18:26
  • 6 808
  • Texnologiya
  • Galaxy A40 kutilganidan arzon narxda sotuvga chiqadi
    “Samsung” yaqindagina “beli baquvvat” Galaxy A30 va Galaxy A50 smartfonlarini namoyish qilgan edi. Endi kompaniya nomi va texnik jihatlariga koʻra shu ikkalasining oraligʻidagi Galaxy A40 modelini ham taqdimotga tayyorlayapti, deb xabar berdi “Terabayt”.

    Samsung Galaxy A40 haqida ilk maʼlumotlar chiqqanida, uning qiymati 300-320 yevro boʻlishi aytilgan edi. Lekin manbalarning yangi xabarlariga koʻra, Yevropada bu modelni 250 yevrodan boshlanuvchi narxlarda sotishadi.

    Uning 6,4 dyuymlik AMOLED Infinity-U ekrani 2340x1080 piksellik aniqlikda tasvir uzata oladi. Yangi qurilma ham Galaxy A30 modelida qoʻllangan Samsung Exynos 7904 protsessori bazasida ishlaydi. Galaxy A40 tezkor va doimiy xotirasi tegishlicha 4 hamda 64 gigabaytlik hajmda boʻlishi aytilmoqda. Bosh kamerasi qoʻshaloq boʻlsa kerak, ammo qanaqa modullardan iborat – bunisi nomaʼlum.

    Galaxy A40 smartfoni Android 9.0 Pie tizim talqini bilan taqdim etiladi, lekin namoyish sanasini sir tutishmoqda. Lekin manbalarga koʻra, “Samsung” to shu yilning iyuniga qadar Hindistonda har oyda bittadan Galaxy A turkumidagi yangi modelini taqdim qiladi. Shunga qaraganda, ushbu devaysni mart oyidayoq koʻrishimiz mumkin boʻladi.

    » » Galaxy A40 kutilganidan arzon narxda sotuvga chiqadi