BAAlik shayx Hamad bin Hamdan Ol Nahayon antiqa avtomobillari kolleksiyasi bilan tanilgan.
Uning kolleksiyasidagi navbatdagi eksponat 5 oʻqli Dhabiyan yoʻltanlamasi boʻlib, u Oshkosh M1075 tank tashuvchi yuk mashinasi negizida qurilgan. Boshqa maʼlumotlarga koʻra yuk mashinasi avval burgʻilash qurilmasi uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Mashinaning yaratuvchilari yuk mashinasi shassisiga Jeep Wrangler Unlimited yoʻltanlamasi kuzovini oʻrnatishgan.
Shayxning oʻzi yangi mashinasining ulkan oʻlchamlari bilan maqtanish imkoniyatini qoʻldan chiqarmay, uni boshqarib koʻrgan: yoʻltanlamasning uzunligi 11 metrni tashkil qiladi, balandligi esa 3,3 metrga yetadi.
Mashina 24 tonna kelib, unga hajmi 15,2 litr va quvvati 600 ot kuchini tashkil qiluvchi Caterpillar C15 turbodizel dvigateli oʻrnatilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi