13:53 / 30.03.2019
5 758

“Yandex” Oʻzbekiston uchun qidiruv tizimini yoʻlga qoʻydi

“Yandex” Oʻzbekiston uchun qidiruv tizimini yoʻlga qoʻydi
2019 yil 29 mart kuni Yandex aynan Oʻzbekiston uchun ishlab chiqarilgan qidiruvni yoʻlga qoʻydi. Endi mamlakat aholisi maʼlumot, video va rasmlarni ham butun internet, ham faqatgina Tas-IX tarmogʻi boʻyicha izlashlari mumkin.

Qidiruv javoblarida, Yandex bir talay omillarni inobatga oladi: soʻrov boʻyicha hujjatning tarkiban toʻgʻri kelishi, manbaning sifati, sahifalarning yuklanish tezligi, foydalanuvchilarning shaxsiy afzalliklarini va hokazo.

Oʻzbekistonda Tas-IXga ulangan saytlar juda mashhur: ular tez yuklanadi va trafikni tejashga imkon beradi. Shuning uchun Yandex Oʻzbekiston aholisi uchun faqatgina Tas-IX saytlari boʻyicha qidiruvni yaratdi. Butun internet boʻyicha qidiruv natijalarida esa, ushbu saytlarni maxsus belgilar bilan belgilashni boshladi. Umumiy hisobda Yandex ikki yarim mingdan ortiq Tas-IX saytlarini biladi, ularni belgilanib turishiga maxsus ishlab chiqarilgan algoritm javob beradi.

Mahalliy qidiruvni yaratish uchun maʼlumotlar va auditoriya talabini bilish kerak boʻladi. Oʻzbekistonda tashkilotlar qidiruvi ayniqsa mashhur. Shuning uchun Yandex qidiruvga oʻn ming mahalliy kompaniyalar haqida maʼlumot joyladi. Masalan, (yaqin oradagi qahvaxona) qidirib, ularga berilgan baho, fikrlar bilan xaritadagi joylashuvi va ish vaqtini koʻrish mumkin. Yoki Yandexdan (qayerga borishni) soʻrash mumkin va ushbu mavzu boʻyicha Oʻzbekiston foydalanuvchilari orasidagi mashhur materiallarni koʻrish mumkin.

Odamlar qidiruvni tezda kirita olishlari uchun, ularga qidiruv yordamlari taklif etiladi. Yandex Oʻzbekiston aholisiga mos keladigan, katta yordamlar bazasini tuzdi. Shunday qilib, ob-havo soʻrovi boʻyicha, javobini toʻgʻridan toʻgʻri yordamlarda koʻrish mumkin.

Qidiruvdan tashqari, Yandex oʻzbekistonliklarga butun xizmatlar toʻplamini taklif etadi. Yandex.uz portalida Yandex.Xabarlar, Yandex.Pochta, Yandex.Ob-havo, Yandex.Musiqa, fayllar saqlash uchun Yandex.Disk xizmati, oʻnlab tillardan mashina tarjimasi, Toshkent va mamlakatning katta shaharlarini batafsil xaritalari.

Mamlakat boʻyicha harakatlanishda avtosevuvchilar Yandex.Navigator mobil ilovasidan foydalanishlari mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » “Yandex” Oʻzbekiston uchun qidiruv tizimini yoʻlga qoʻydi