Android'da xavfli kamchilik paydo bo‘ldi. Video orqali hujumga uchrash mumkin

  • 25 iyul 2019, 14:00
  • 1 068
  • Texnologiya
  • Android'da xavfli kamchilik paydo bo‘ldi. Video orqali hujumga uchrash mumkin
    Android'da yangi xavfli kamchilik paydo bo‘ldi. Endi smartfon egasi video orqali hujumga uchrashi mumkin. Bu Android'ning 7.0 dan 9.0. gacha versiyasida bo‘lgan barcha smartfonlariga aloqador deb yozadi Kun.uz.

    Tuzuvchi-mutaxassis Marsin Kozlovskiy Android'da xavfli zaiflikni aniqladi. Agar siz zararlangan videorolikni tomosha qilsangiz, hakerlar u yordamida smartfoningizni buzib kirishlari mumkin. Ushbu xatolik Android 7.0, 8.0 va 9.0 versiyalarida mavjud.

    Uskuna faoliyati va ma’lumotlariga tajovuz qilish uchun videoni kodlash, uni internetga yuklash va kimdir uni yuklab olishini kutish kifoya. Agar smartfonda shunday rolik tomosha qilish boshlansa, zararli kod ishga tushadi. Shu tarzda haker sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘g‘irlashi, telefonni o‘chirib qo‘yishi yoki uning ustidan to‘liq nazoratni egallashi mumkin.

    Agar video biror yo‘l bilan o‘zgartirilsa zaralovchi kodlar ishdan chiqadi. YouTube, unga o‘xshash xizmatlar va turli xil messenjerlar bu kabi videolarni birinchi navbatda siqib chiqaradi, natijada tahdid yo‘qqa chiqadi. Ammo video sizga pochta yoki messenjer orqali fayl shaklida yuborilsa virus yuqtirgan holda qurilmaga o‘rnashadi.

    Google allaqachon muammoni hal qiladigan patch o‘ylab topdi. Yangilanish barcha smartfonlarga o‘rnatilishini kutish qoldi xolos va shu davr oralig‘ida internetdan video yuklashni iloji boricha cheklash tavsiya etiladi.

    » » Android'da xavfli kamchilik paydo bo‘ldi. Video orqali hujumga uchrash mumkin