5 223
O‘zbekiston Rossiyadan katta partiyada “Tayfun” zirhli avtomobillarini sotib oldi (video)
Foto: www.remdizel.com
Rossiyaning eng zamonaviy yuqori himoyalangan, 4x4 g‘ildirak sxemasiga ega “Tayfun-K” K-53949 zirhli avtomobillari O‘zbekiston armiyasi tomonidan qurollanishga olindi.
Ushbu harbiy texnika O‘zbekistonda may oyida “Chirchiq” poligonida o‘tgan tank biatloni bo‘yicha musobaqalarda ilk bor payqalgan. Ayni vaqtda texnika barcha sinovlarni muvaffaqiyatli o‘tgan.
O‘zbekiston K-53949’ni qurollanishga olgan ilk xorijiy davlat bo‘ldi.
“RIA Novosti” axborot agentligiga manbaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston ushbu harbiy texnikadan yirik partiyada sotib oldi. Avtomobillar joriy yilda yetkazib berila boshlanadi.
Zirhli avtomobilning to‘liq og‘irligi 15 tonnaga yetadi. Uzunligi 6370 mmni, eni 2540 mmni, balandligi 3320 mmni, yo‘l bilan tagi orasidagi oraliq 433 mmni tashkil qiladi. 350 ot kuchiga ega 6 silindrli dizel dvigateli harbiy avtomobilga 105 km/soat tezlik bilan harakatlanishga imkon beradi. O‘z ichiga 10 kishini sig‘diradi.
“Tayfun” yuqori himoyalangan zirhli avtomobillar oilasi bo‘lib, uning bir nechta modifikatsiyasi, jumladan sanitar va “Kornet-EM” tanklarga qarshi majmuaga ega variantlari ishlab chiqilgan.
Texnika 120 dan ko‘proq korxona, jumladan Ural avtomobil zavodi, “Kamaz”, Yaroslav motor zavodi, po‘lat ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida yaratilgan. Birinchi marta 2011 yilda poligon sharoitida, 2014 yil 9 mayda esa Moskvadagi harbiy paradda taqdim qilingan.
O‘zbekiston 2019 yilda Rossiyadan BTR-82A zirhli transportyorlari, “Tigr” zirhli avtomobillari, “Sopka-2” radiolokatsion stansiyasini sotib oldi. Bundan tashqari, ayni vaqtda O‘zbekistonga 12 ta Mi-35M harbiy-transport vertolyotini yetkazib berishga shartnoma amal qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi