09:50 / 20.01.2020
5 821

2099 yilgacha texnologiyalar dunyosida nimalar o‘zgaradi?

2099 yilgacha texnologiyalar dunyosida nimalar o‘zgaradi?
Google texnik direktori va taniqli texnofuturist Rey Kursveyl 1990 yillardan beri texnologiya dunyosining kelajagi haqida bashoratlarni e’lon qilmoqda.
Agar siz uning so‘nggi 20 yil ichida qilgan barcha bashoratlarini kitoblarda, bloglarda, intervyularda va ma’ruzalardan to‘plasangiz, 2099 yilgacha kelajak haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

2020: Shaxsiy kompyuter inson miyasiga taqqoslab bo‘ladigan ishlash quvvatiga erishadi.
2021: Simsiz Internet Yer sharining 85 foizini qamrab oladi.
2022: AQSH va Yevropada odamlar va robotlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinadi. Unda robotlar faoliyati, ularning huquqlari, majburiyatlari va boshqa cheklovlari aniq ko‘rsatib o‘tilgan.
2024: Avtomashinalarda sun’iy idrok elementlari majburiy bo‘ladi – odamlarga aqlli yordamchi bilan jihozlanmagan mashinani haydash taqiqlanadi.
2025: Implantat moslamalari ommaviy bozorda paydo bo‘ladi.
2026: Ilmiy taraqqiyot tufayli inson hayoti davomiyligini uzaytirish mumkin.
2027: Murakkab vazifalarni to‘liq mustaqil bajaradigan shaxsiy robot muzlatgich yoki qahva qaynatgich kabi ommabop qurilmaga aylanadi.
2028: Quyosh energiyasi shu qadar arzon va umumfoydalaniladigan bo‘ladiki, u insoniyatning barcha energiya ehtiyojlari qondiriladi.
2029: Kompyuter Tyuring testidan muvaffaqiyatli o‘tib, uning aqli mavjudligi isbotlanadi. Bunga inson miyasini kompyuter modellashtirish orqali erishiladi.
2030: Sanoatdagi nanotexnologiyalarning ommalashuvi va natijada har qanday mahsulotni ishlab chiqarish tannarxining pasayishi.
2031: Barcha kasalxonalarda inson a’zolarini chop etish uchun 3D printerlar paydo bo‘ladi.
2032: Nanorobotlar tibbiy maqsadlarda ishlatiladi: ular hujayralarga ozuqa moddalarini yetkazib beradi va chiqindilarni olib tashlaydi. Bundan tashqari, ular inson miyasini batafsil tekshirishni amalga oshiradi, bu sizga miya qanday ishlashini batafsil tushunishga imkon beradi.
2033: Yo‘llarda faqat avtonom avtoulovlar qoladi.
2034: Sun’iy idrokka ega birinchi odam paydo bo‘ladi: Kiborg-odam "U" filmidagi kabi bo‘ladi, hatto undan ham yaxshiroq.
2035: Kosmik texnologiyalarning rivojlanishi Yerni asteroid tahdididan himoya qilishga yordam beradi.
2036: Biologiya sohasidagi yutuqlar sizga 3D bosib chiqarish yordamida kasalliklarni davolash va yangi to‘qima va organlarni o‘stirish uchun hujayralarni dasturlash imkonini beradi.
2037: Inson miyasining sirlarini anglashdagi ulkan yutuqlarga erishiladi.
2038: Robot-odamlar, transgumanistik texnologiyalarning paydo bo‘ladi. Ular qo‘shimcha ong va ko‘plab implantlar bilan jihozlangan bo‘ladi - ko‘zdagi kameradan tortib qo‘shimcha qo‘l protezlarigacha.
2039: Nanomashinalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri miyaga joylashtiriladi va signallarni hujayralari bilan tasodifiy almashish imkoniyatini beradi.
2040: Qidiruv tizimlari inson tanasiga o‘rnatilgan gadjetlarda paydo bo‘ladi: qidirish fikrlar yordamida (so‘zlarni ishlatmasdan) amalga oshiriladi. Natijalar ekranga linzalar yoki ko‘zoynaklar yordamida chiqariladi.
2041: Internetning o‘tkazish qobiliyati bugungi kunga qaraganda 500 million marta katta bo‘ladi.
2042: Imkoniyatni to‘ldiruvchi va kasalliklar tanasini "tozalaydigan" nanobotlar armiyasidan foydalanish bilan boqiy umrga erishish mumkin bo‘ladi.
2043: Nanorobotlarning ko‘pligi tufayli inson tanasi har qanday shaklni olish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Ichki organlar ancha yaxshi kibernetik qurilmalar bilan almashtiriladi.
2044: Sun’iy ong tabiiysidan ko‘ra milliardlab marta aqlli bo‘ladi.
2045: Texnologik yakkalikning boshlanishi. Yer bitta ulkan kompyuterga aylanadi.
2099: Texnologik yakkalik jarayoni butun olamga tarqaladi.

Bunday prognozlarga ishonish qiyin, ammo texnologiyaning rivojlanishining juda katta tezligini hisobga olsak, ular amalga oshishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 2099 yilgacha texnologiyalar dunyosida nimalar o‘zgaradi?