date

iPhone 18 Pro dizayni ichidagi siri bilan ajralib turadi

iPhone 18 Pro dizayni ichidagi siri bilan ajralib turadi

MacRumors nashrining insayder maʼlumotlariga koʻra, Apple kelasi yili taqdim etadigan iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max modellari sezilarli darajada yangilangan holda namoyon boʻladi. Kompaniya tashqi koʻrinishda sevimli klassik dizaynini saqlab qoladi, ammo korpus ichi va kamera tizimida jiddiy inqilob kutilmoqda.

2022 yildan beri ilk marta Apple ekrandagi «orolcha»ni kichraytirishga qaror qilgan. Bu oʻzgarish kompaniyaning toʻliq ramkasiz va teshiksiz displeyga oʻtish yoʻlidagi ilk harakati sifatida baholanmoqda. Ammo old kamera hali ham koʻrinib turadi — ekran ostidagi Face ID faqat iPhone 19 Pro da paydo boʻlishi mumkin.

Yangi modelning yana bir qiziq jihati — orqa panel dizayni. Unda magnit halqa qismi orqali xira shaffof effekt joriy etiladi, bu orqali foydalanuvchi smartfon ichidagi qismlarni yaqqol koʻra oladi. Shu bilan birga, ekran diagonali oʻzgarmasdan qoladi: iPhone 18 Pro — 6,3 dyuym, Pro Max — 6,9 dyuym.

Kamera tizimidagi yangiliklar ham eʼtiborga loyiq. Asosiy 48 megapikselli sensor endilikda oʻzgaruvchan diafragmani qoʻllab-quvvatlaydi. Bu degani, foydalanuvchi yorugʻlik darajasini qoʻlda boshqarishi va turli sharoitlarda fotosurat sifatini yaxshilashi mumkin boʻladi. Ayni vaqtda bunday imkoniyat hali hech bir iPhone modelida mavjud emas.

Qurilmadagi A20 Pro chipi esa 2-nm TSMC texnologik jarayoni asosida ishlab chiqiladi. Bu uning unumdorligini ancha oshiradi va energiya tejamliligini ham kuchaytiradi.

Insayderlar taʼkidlashicha, 2026 yildan boshlab Apple yangi taqdimot tizimiga oʻtadi — Pro modellari va buklanadigan iPhone kuzda namoyish etiladi, arzonroq versiya esa bahorda bozorga chiqadi.

Buklanadigan iPhone haqida ham maʼlumotlar bor. Manbalar yozishicha, u Galaxy Z Fold uslubidagi kitobsimon dizaynga ega boʻladi, burmasiz ekran, Touch ID tizimi va toʻrtta kamera bilan jihozlanadi.

Yakunida aytganda, iPhone 18 seriyasi Apple uchun navbatdagi bosqich — dizayn, funksional va texnologiya jihatidan yangi davr boshlanishi boʻlishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 18 Pro dizayni ichidagi siri bilan ajralib turadi