“Arsenal” safarda “Fulhem” ustidan g‘alaba qozondi

Angliya Premer-ligasining 8-turida “Arsenal” safarda “Fulhem”ga qarshi maydonga tushdi. “Kreyven Kottej” stadionida o‘tgan uchrashuvda “kanonchilar” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning yagona goli 58-daqiqada Leandro Trossard tomonidan kiritildi. “Arsenal” o‘yinda ustunlik qildi — 65% to‘pga egalik, 12 zarba, 488 pas va 92% aniq uzatmalar.
“Fulhem” esa atigi 1 ta aniq zarba bilan kifoyalandi va gol ura olmadi. “Arsenal” 10 marta burchak zarbasi ijro etdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Arsenal” 19 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinda qolmoqda.































Izohlar 0
…