date

Apple M5 chipli yangi Vision Pro 2 taqdim etildi

Apple M5 chipli yangi Vision Pro 2 taqdim etildi

Apple o‘zining ikkinchi avlod Vision Pro modelini taqdim etdi. Unda yangi Apple M5 chipi o‘rnatilgan bo‘lib, bu garnituraning ishlash samaradorligini ancha oshiradi, deb xabar berdi Rozetked.

Yangi chip asosida garnituraning micro-OLED ekranlarida piksel soni 10 foizga ko‘paytirilgan, yangilanish chastotasi esa 120 Gts gacha oshirilgan. M5’ga R1 chipi yordam beradi: u 12 ta kamera, 5 ta datchik va 6 ta mikrofon ma’lumotlarini 12 millisekund ichida qayta ishlab, ekranlarga uzatadi.

Vision Pro 2 avtonomlikda ham yaxshilangan: oddiy foydalanishda 2,5 soat, video ko‘rishda 3 soat ishlaydi. Garnituraga yangi Dual Knit Band remeshi o‘rnatilgan — u bosh orqasi va yuqorisidan mustahkam tutadi. Ushbu remeshka oldingi modelga ham mos keladi. Narxi o‘zgarmagan: 3499 dollar (taxminan 275 mln so‘m), sotuvlar 22-oktabrdan boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple M5 chipli yangi Vision Pro 2 taqdim etildi