Apple o‘zining yangi avlod iPad Pro planshetini rasman taqdim etdi. Undagi asosiy yangilik — Apple M5 chipining joriy etilishi bo‘lib, bu sun’iy intellekt vazifalarida avvalgi modellar bilan solishtirganda 3,5 barobar yuqori samaradorlikni ta’minlaydi, deb xabar berdi Rozetked.
Yangi iPad Pro 3D-render qilishda Apple M4’ga nisbatan 1,5 barobar, Apple M1’ga nisbatan esa 6,7 barobar tezroq natija beradi. Planshetning Wi-Fi va Bluetooth aloqalari ham yangi Apple N1 moduli orqali amalga oshiriladi — u Wi-Fi 7 va Bluetooth 6’ni qo‘llab-quvvatlaydi. SIM-kartali versiyalarda esa Apple C1X modemi ishlatiladi.
Xotira imkoniyatlari ham yaxshilangan: uzatish tezligi 150 GB/s ga yetkazilgan, o‘qish va yozish tezligi ikki barobar oshgan. 256 va 512 GBli modellar 12 GB operativ xotira bilan jihozlangan. Yana shuni aytish joizki, 11 va 13 dyuymli displeylar, 10 soatlik batareya davomiyligi va ikki rang — kumush va kulrang. Narxi esa o‘zgarmagan.