Bundesliganing markaziy to‘qnashuvi — “Bavariya” va “Borussiya Dortmund” o‘rtasidagi bellashuv yakunlandi. “Alyans Arena”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda myunxenliklar 2:1 hisobida zafar quchishdi.
“Bavariya” safida Harri Keyn 22-daqiqada hisobni ochdi, 78-daqiqada esa Maykl Olmos jamoa hisobini oshirdi. “Borussiya”dan esa 84-daqiqada Yulian Brandt javob golini urdi.
“Bavariya” statistikada ham ustunlik qildi — 14 zarba, 60% to‘p nazorati va 538 pas. “Borussiya” esa faqat 7 marta zarba yo‘lladi va ko‘proq follar ishlatdi (16 ta).
Bu g‘alaba orqali “Bavariya” 21 ochko to‘plab, turnir jadvalida birinchi o‘rinni saqlab qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar