Saudiya Arabistoni Pro Ligasi 5-turi doirasida "Al-Nasr" o‘z maydonida "Al-Fateh"ni 5:1 hisobida yengdi. Bahs "Al-Awwal Park" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Joao Felix 13', 68' va 80-daqiqalarda xet-trik qayd etdi. Ronaldo (60') va Quincy Promes (75') esa bittadan gol bilan unga qo‘shilishdi. Mehmonlar safida esa faqat Soufiane Benjdida 54-daqiqada bitta gol urdi.
Statistik jihatdan "Al-Nasr" to‘liq ustunlik qildi — 22 zarba, 70% to‘pga egalik va 9 ta aniq zarba.
Ushbu yirik g‘alaba bilan "Al-Nasr" 15 ochko to‘plab, turnir jadvalidagi birinchi o‘ringa chiqdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar