date

Samsung Galaxy A15 uchun One UI 8 yangilanishi chiqdi

Samsung Galaxy A15 uchun One UI 8 yangilanishi chiqdi

Samsung kompaniyasi Galaxy A15 smartfoni uchun One UI 8 grafik qobig‘ini chiqardi, deb Kursiv media xabar berdi. Ilk bo‘lib yangilanish Janubiy Koreya foydalanuvchilariga yetkazilgan, endi esa u Hindiston va boshqa mamlakatlarda ham mavjud.

Galaxy A15 egalari «Sozlamalar» bo‘limidagi «Dasturiy ta’minotni yangilash» menyusi orqali yangilanishni «Yuklab olish va o‘rnatish» tugmasi yordamida yuklab olishlari mumkin. Yangilanish hajmi taxminan 2 GB bo‘lib, u bosqichma-bosqich tarqatilmoqda.

Galaxy A15 2024-yil boshida Android 14 asosidagi One UI 6.1 bilan taqdim etilgan edi. Keyinroq One UI 7 yangilanishini olgan, endilikda esa One UI 8 versiyasigacha yangilandi. Qurilma yana ikki marta yirik Android va One UI yangilanishlarini qabul qilishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy A15 uchun One UI 8 yangilanishi chiqdi