date

Apple M5 chipli MacBook Pro 14 dyuymli modelini namoyish etdi

Apple M5 chipli MacBook Pro 14 dyuymli modelini namoyish etdi

Apple kompaniyasi Apple M5 chipiga ega yangi avlod MacBook Pro 14 dyuymli noutbukini taqdim etdi, deb Rozetked xabar berdi. Hozircha faqat shu diagonaldagi model taklif qilinmoqda. 16 dyuymli versiyada an’anaga ko‘ra Pro yoki Max chiplar bo‘ladi va ular hali tayyor emas.
Asosiy yangilik — yangi hisoblash platformasi. Unda 10 yadroli CPU (4 ta samarali, 6 ta samarador), 10 yadroli GPU va 16 yadroli neyron muharrik (Neural Engine) mavjud. Kupertinoda ta’kidlashlaricha, sun’iy intellekt bo‘yicha M5 M1dan 6 baravar, M4dan 3,5 baravar tezkor.
Professional dasturlar va o‘yinlarda grafikdagi samaradorlik M4ga nisbatan 60% ga, CPU bo‘yicha esa 20% ga oshgan. Xotiraning o‘tkazuvchanlik imkoni 120 GB/s dan 153 GB/s gacha o‘sgan. Endi 4 TB xajmdagi saqlash konfiguratsiyasi ham mavjud.
Dizayn, displey, avtonomlik va aloqa jihatlari o‘zgarmagan. AQSHda MacBook Pro 14" (2025) bazaviy versiyasi 1599 dollar (~ 20,5 mln so‘m) etib belgilangan. Taqdim etilgan ranglar: kumush va qora.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple M5 chipli MacBook Pro 14 dyuymli modelini namoyish etdi