Baxt gormonini ulashuvchi meva

  • 16 sentyabr 2016, 13:20
  • 18 224
  • Tibbiyot
  • Baxt gormonini ulashuvchi meva

    1. Banan, hatto, chaqaloqlarda ham allergiyaga sabab bo‘lmaydigan yagona meva hisoblanadi.

    2. A’lo kayfiyat bag‘ishlaydi. Tarkibidagi triptofan moddasi baxt gormoni ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi. Shuning uchun meva tanovulidan so‘ng kayfiyatingiz ko‘tarila boshlaydi.

    3. Suyaklarni mustahkamlaydi. Banan kalsiy moddasining organizmdan suyuqlik orqali chiqib ketishining oldini oladi va suyaklar mustahkamligini ta’minlaydi.

    4. Ichak mikroflorasini yaxshilaydi. Banan tarkibidagi fermentlar ovqat yaxshi hazm bo‘lishiga yordam beradi. Shuningdek, jig‘ildon qaynashidan xalos etadi.

    5. Qabziyatda ham foydali. Muntazam ravishda banan iste’mol qiluvchi kishilar orasida qabziyatdan aziyat chekadiganlari uchramaydi.

    7. Oshqozon yarasida iste’mol qiling. U oshqozon devorini o‘rab olib, agressiv moddalar va kislotalar ta’siridan himoyalaydi. Bu esa oshqozondagi yaralarning tez bitishiga ko‘maklashadi.

    8. Shifokorlar diareyadan aziyat chekuvchilarga ham bu mevani ta’qiqlashmaydi.

    9. Tarkibidagi kaliy moddasi tufayli jismoniy mashqlardan so‘ng oyoq mushaklarining tortishib qolishdan himoyalaydi. Shuningdek, oyoqdagi shishlardan xalos bo‘lishga ko‘maklashadi.

    10. Banan tarkibidagi temir moddasi anemiyaning oldini olishda muhim ozuqa hisoblanadi va immunitetni mustahkamlaydi.

    11. Hashorot chaqqanida bananning po‘stilog‘ining ichki tarafini bossangiz, qichishishdan xalos etadi.

    12. Chekishni tashlayotganlarga tavsiya etiladi. Tarkibidagi ko‘plab vitaminlar va magniy moddasi nikotin qoldiqlarining organizmdan chiqarib yuborishga yordam beradi.

    Manba: darakchi.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Baxt gormonini ulashuvchi meva