Asalarilar inson hayoti uchun ilonlardan ko‘ra xavfliroq ekanligi aniqlandi

  • 01 mart 2017, 18:18
  • 11 208
  • Tibbiyot
  • Asalarilar inson hayoti uchun ilonlardan ko‘ra xavfliroq ekanligi aniqlandi

    Avstraliyalik olimlar asalarilarni barcha hasharotlar orasida inson hayoti uchun eng katta xavf deb e’lon qilishdi, deb yozadi Sof.uz sayti.

    Avstraliyada 2000 2013 yillarda qayd etilgan zaharlanish holatlarini o‘rgangan olimlar asalarilar boshqa zaharli jonzotlarga qaraganda xavfliroq degan xulosaga kelishgan. Qayd etilishicha, 13 yil davomida hasharotlar va boshqa zaharli jonzotlar chaqishidan zaharlanish holati 42 ming marotaba qayd etilgan. Asalari va qovog‘aridan zaharlanish barcha murojaatlarning 33 foizini tashkil etgan.

    Keyingi o‘rinlarni o‘rgimchaklar (30 foiz) va ilonlar (15 foiz) band etgan. Avstraliyada 2000 2013 yillar davomida 27 kishi ilon chaqishi tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Asalari va qovog‘ari chaqishidan olamdan ko‘z yumganlar soni ham shunchaga teng.

    Ammo qayd etilgan davr mobaynida asalari hujumiga uchrash hollari ilonlar bilan solishtirganda anchagina (mos ravishda 33%-15%) ko‘p bo‘lgan. 13 yil davomida asalari va qovog‘ari hujumidan 12 351 marta jabr ko‘rilgan va shundan 27 tasida o‘lim qayd etilgan. Bundan tashqari meduza zahridan 3 marta, kana chaqishidan 3 marta va chumoli zaharidan 2 marta o‘lim qayd etilgan.

    Melburn Universitetidagi zaharshunos olim Ronel Veltoning ma’lum qilishicha, o‘lim ko‘rsatkichi ot va it kabi uy hayvonlari bilan to‘qnashuvlarda yuqori bo‘lgan. Hayratlanarlisi, hasharotlardan jabr ko‘rish holatlarinig yarmidan ko‘prog‘i odamlarning o‘z uylarida sodir bo‘lgan.

    Tadqiqotchilar aniqlashicha, hasharot chaqqanda inson tanasida zaharga qarshi allergik reaksiya yuz beradi. Qayd etilgan o‘lim holatlarining yarmidan ko‘prog‘iga aynan shu reaksiya sabab bo‘lgan.

    “Ko‘p odamlar asalarilardan ilondan qo‘rqqanchalik xavfsirashmaydi. Oldin allergiyaga uchramagan insonlarni ilk bor hasharot chaqqanda hech qanday belgi yuzaga chiqmaydi, ammo oragizmdagi allergik sezuvchanlik rivojlanib boradi”, – deydi tadqiqotchi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Asalarilar inson hayoti uchun ilonlardan ko‘ra xavfliroq ekanligi aniqlandi