Qorinda yig‘ilsa dam, nima beradi yordam?

  • 11 aprel 2017, 16:44
  • 46 959
  • Tibbiyot
  • Qorinda yig‘ilsa dam, nima beradi yordam?
    Meteorizm, qorin spazmalari, kutilmaganda ichaklardan ovoz chiqishi barcha insonlarda uchrab turadi. Bu yoqimsiz holat, albatta. Bunday paytda dori qutisiga ko‘z yugurtirishdan osoni yo‘q. Ammo organizmimizni galdagi preparat bilan zaharlashga shoshilmasak, muammoning boshqa echimlarini ham topa olamiz.

    Biz sizga oson va tabiiy yo‘llar bilan bu kabi muammodan xalos bo‘lish sirlarini o‘rgatamiz.

    Yogurt

    Qorin dam bo‘lganida yog‘siz, mevasiz yogurt eng. Xarid vaqti mahsulot qadog‘iga diqqat qiling, yog‘lilik foizi kam bo‘lishidan tashqari, qand miqdori ham oz bo‘lishi lozim.

    Qatiq

    Ovqat hazm bo‘lmasligi bilan bog‘liq bezovtalik kelib chiqqanida 1 stakan yog‘siz qatiq iching. Qatiq tarkibidagi bakteriyalar ichaklar mikroflorasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Banan

    Haddan ortiq ko‘p tuz iste’mol qilsangiz, ora-chora banan eb turing. Tarkibidagi kaliy hisobiga banan qorindagi spazmni yengillashtiradi, shu bilan birga, organizmdagi tuzning oson chiqib ketishini ta’minlaydi.

    Zanjabil

    Infeksiya tushishi oqibatida kelib chiqadigan qorin og‘riqlarida zanjabil qo‘shilgan choy ayni muddao. Zanjabilli choyni ertalab och qoringa, ozroq asal qo‘shib ichish tavsiya etiladi.

    Moychechakli choy

    1 choy qoshiq moychechak gulini 1 stakan qaynoq suvda damlab, 15 daqiqa tindiring. So‘ng dokadan suzib, oz-ozdan iching. Choyni ovqatlangandan so‘ng ichsangiz, qorin og‘riqlari bezovta qilmaydi.

    Manba: Qalampir.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qorinda yig‘ilsa dam, nima beradi yordam?