Roblox chatlarida yoshni tasdiqlashni majburiy qiladi

Roblox o'yin platformasida endi chatlarda yozish uchun foydalanuvchilar yoshini tasdiqlashi shart bo'ladi. Bu haqda servis bosh direktori Devid Bazuki Roblox’ning rasmiy akkauntida e’lon qilingan videoda ma’lum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, Yangi Zelandiya va Avstraliyada foydalanuvchilarning yarmidan ko'pi allaqachon verifikatsiyadan o'tgan. Global miqyosda esa o'nlab million o'yinchi o'z ma'lumotlarini tasdiqlagan.
Yangilikdan ko'zlangan maqsad — o'yin ichidagi muloqotni xavfsizroq qilish. Yoshni tasdiqlashning ikki yo'li taklif etilmoqda: 13 yoshdan boshlab pasport yoki fotosuratli boshqa hujjat tasvirini yuklash, shuningdek yuzni tanish texnologiyasi orqali tekshiruvdan o'tish.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing