date

Oʻzbekistonliklar nikoh shartnomasini notarius orqali rasmiylashtira oladi

Oʻzbekistonliklar nikoh shartnomasini notarius orqali rasmiylashtira oladi

Oʻzbekistonda nikoh shartnomasini endilikda notarial idorada rasmiylashtirish mumkin. Shuningdek, arizachilar xohishiga ko‘ra hujjat videomuloqot orqali yoki notariusning joyiga chiqishi yo‘li bilan ham tasdiqlanadi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Shartnomani tuzish uchun tomonlar notarius qabuliga shaxsan kelishi yoki my.gov.uz portali hamda E-notarius.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi. Notarius arizachilarning shaxsini aniqlab, ularning nikoh yoshiga yetgan-yetmaganini, boshqa nikohda turmaganini va ular o‘rtasida avval nikoh shartnomasi tuzilmaganini tekshiradi.

Barcha tekshiruvlar yakunlanib, to‘lovlar amalga oshirilgach, tomonlar shartnomani imzolash uchun notarius huzuriga taklif etiladi. Hujjatning barcha nusxalari notarius ishtirokida shaxsan imzolanib, tomonlarning to‘liq ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonliklar nikoh shartnomasini notarius orqali rasmiylashtira oladi