Zelenskiy: Maduro kabi Qodirovga “operatsiya” — Putin uchun signal

Dunyo1 daqiqa o'qish592
Zelenskiy: Maduro kabi Qodirovga “operatsiya” — Putin uchun signal
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Volodimir Zelenskiy AQSH Vladimir Putinga bosim o'tkazish uchun Checheniston rahbari Ramzon Qodirovni qo'lga olish bo'yicha harbiy operatsiya o'tkazishi mumkinligini aytdi.
  • U bu fikriga Nikolas Maduro bilan bog'liq voqeani misol qilib, keskin va namoyishkorona harakatlar Putin uchun signal bo'lishi mumkinligini ta'kidladi.
  • Zelenskiyning bayonoti rasmiy reja yoki tasdiqlangan qaror emas, balki siyosiy signal va qattiq ritorikadir.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaga bosimni kuchaytirish mavzusida yana bir keskin va bahsli fikr bildirdi. Uning aytishicha, AQSH urushni to‘xtatish va Vladimir Putinga ta’sir o‘tkazish uchun Checheniston rahbari Ramzon Qodirovni qo‘lga olish bo‘yicha harbiy operatsiya o‘tkazishi ham mumkin. Zelenskiy buni jurnalistlar bilan muloqotda aytib, “variant sifatida shunday amal ham bo‘lishi mumkin” degan mazmunda gapirgan.

Zelenskiy o‘z fikrini tushuntirishda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan bog‘liq voqeani misol keltirgan. Uning logikasi oddiy: “Agar shunday keskin harakatlar tez va namoyishkorona qilinsa, Putin ham buni ko‘rib, o‘ylanib qolishi mumkin”. Bu gaplar fondida Reuters AQSH prezidenti Donald Tramp Venesueladagi operatsiya va Maduroning qo‘lga olingani haqida bayonotlar berganini yozgan.

Shu bilan birga, Zelenskiyning asosiy urg‘usi — Vashingtonda “real bosim” uchun vositalar yetarli, lekin bunda Ukraina AQSH siyosatida ustuvor yo‘nalish bo‘lishi kerak. Uning ta’kidicha, hozir Tramp vakillari Rossiya bilan muzokaralar olib borayapti, ammo Kiyev nazaricha, jarayon “vaqtni cho‘zish”ga o‘xshab qolmoqda.

Qodirov esa so‘nggi oylarda omma oldida kamroq ko‘rina boshlagani haqida turli nashrlar yozmoqda. Ayrim manbalarda uning salomatligi og‘irlashgani haqida taxminlar ham uchraydi (turli versiyalar bor).

Hozircha eng muhim nyuans shu: Zelenskiy aytgan “operatsiya” — rasmiy reja yoki tasdiqlangan qaror emas, balki siyosiy signal va qattiq ritorika. Lekin bunday bayonotlar baribir fonni qizitadi: bir tomonda muzokaralar haqida gap ketyapti, ikkinchi tomonda esa bosim instrumentlari tobora qattiqroq tilga olinayotgani ko‘rinyapti. Shuning uchun keyingi haftalarda AQSH–Rossiya–Ukraina uchburchagida har bir bayonot “oddiy gap” bo‘lib qolmay, kattaroq o‘yinning qismiga aylanib ketishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?