date

Nestle Oʻzbekistonda bolalar ovqatining ayrim partiyalarini qaytarib olmoqda

Nestle Oʻzbekistonda bolalar ovqatining ayrim partiyalarini qaytarib olmoqda

Nestle kompaniyasi Oʻzbekistonda bolalar ovqatining bir qator partiyalarini ixtiyoriy ravishda savdodan qaytarib olayotganini maʼlum qildi. 5-yanvardan boshlab dorixonalar va doʻkonlardan NAN sutli aralashmalari hamda Alfaré Amino davolovchi ozuqa mahsulotlari partiyalari olib tashlanmoqda.

Kompaniya bayonotida qayd etilishicha, ushbu qaror ehtiyot chorasi sifatida va Nestle’ning qatʼiy sifat hamda xavfsizlik protokollariga muvofiq qabul qilingan. Vaziyat bo‘yicha kompaniya rasmiy idoralarni xabardor qilganini, xaridorlarning savollariga javob berishga tayyorligini bildirgan.

Isteʼmolchilar +998 78 120 20 55 telefon raqami orqali qoʻllab-quvvatlash xizmatidan maslahat olishi mumkin.

Reuters xabariga ko‘ra, ichki tekshiruv davomida uchinchi tomon yetkazib bergan ingredientlarda tsereulid toksini aniqlangan. U bolalarda ko‘ngil aynishi va qayt qilish kabi alomatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Agentlik maʼlumotiga ko‘ra, Nestle bolalar aralashmalarini jami 25 mamlakatda qaytarib olyapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Nestle Oʻzbekistonda bolalar ovqatining ayrim partiyalarini qaytarib olmoqda