15:53 / 09.11.2019
3 627

1-dekabrdan Toshkentda avtomatlashtirilgan tez tibbiy yordam xizmati ishga tushiriladi

1-dekabrdan Toshkentda avtomatlashtirilgan tez tibbiy yordam xizmati ishga tushiriladi
Foto: AKT vazirligi
2019-yil 1-dekabrdan boshlab Toshkent shahrida avtomatlashtirilgan tez tibbiy yordam xizmati toʻliq ishga tushiriladi. Maʼlum boʻlishicha, ayni paytda boshqaruv tizimi sinov tarzida joriy etilgan boʻlib, tizimda faoliyat koʻrsatadigan xodimlar oʻqitilmoqda.

AKT vazirligi masʼul xodimi Abdulaziz Abdulahadovning aytishicha, “Henan Costar Group” kompaniyasi bilan imzolangan shartnomaga muvofiq qiymati 11,9 mln. dollarlik “Toshkent shahrida tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” loyihasini amalga oshirilmoqda. Shu kungacha xitoy kompaniyasi tomonidan zamonaviy AKT va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan 9 ta tez tibbiy yordam avtomobili yetkazib berilgan. Yil yakuniga qadar esa yana 141 dona reanimobil yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

“Ushbu xarid qilingan tez tibbiy yordam avtomobillari mavjud avtomobillardan afzalligi ularning salon qismiga zamonaviy video kuzatuv kamerasi oʻrnatilgan. Bu zarurat tugʻilganda malakali shifokorlar tomonidan masofadan (call markazdan) ahvoli ogʻir bemorlar uchun kerakli maslahat va tegishli koʻrsatmalar berish imkonini beradi”, - deydi Abdulaziz Abdulahadov.

Hozir Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi Call markazida joriy taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilib, “Henan Costar Group” kompaniyasi tomonidan yetkazib berilgan zamonaviy AKT uskunalari, kompyuter, printer, server, video panel va boshqalarni oʻrnatish ishlari yakunlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » 1-dekabrdan Toshkentda avtomatlashtirilgan tez tibbiy yordam xizmati ishga tushiriladi