Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning yangi saylangan prezidenti Donal Tramp bilan yaqindagina telefon orqali muloqot qilgani tafsilotlari haqida gapirdi.
RIA «Novosti» agentligi xabarida keltirilishicha, Rossiya va Amerika munosabatlarining hozirgi holati qoniqarli emasligi bo‘yicha ularning fikri bir joydan chiqqan.
«Bir muddat oldin janob Donald Tramp bilan telefon orqali gaplashganimizda Rossiya-Amerika munosabatlarining hozirgi holati qoniqarli emasligi to‘g‘risida umumiy fikrda ekanimiz ayon bo‘ldi. Biz bu vaziyatni to‘g‘rilash zarurligi haqida so‘zlashdik. Men avval ham aytganimdek, bizning davlatimiz bu borada qadam tashlashga tayyor», — degan Putin.
Putin AQShdagi prezident saylovlarida Trampning g‘alaba qozongani ikki tomonlama munosabatlar yaxshilanishiga umid tug‘dirganini aytib o‘tgan.
«Hozir, AQShda va Oq uyda saylovoldi kampaniyasi davridagi shovqinlar bosilganidan keyin qo‘shma shtatlarga yangi prezident keladi. Men ishonishni istardimki, buning ortidan munosabatlarni yaxshilash imkoni paydo bo‘ladi. Bu nafaqat ikki mamlakat xalqi uchun, balki xalqaro maydondagi barqarorlik va tinchlik ta’minlanishi uchun ham muhimdir», — degan Rossiya rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi
Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi
Sankt-Peterburgda yo‘lovchi avtobus daryoga qulab tushdi (video)
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”
Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi
Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi