Janubiy Koreyada Chxve Sun Sil ustidan sud jarayoni boshlandi. U bilan bog‘liq korrupsiyaviy mojaro mamlakat prezidenti Pak Kin Xega nisbatan impichment e’lon qilinishiga olib kelgandi, deya yozmoqda «Daryo».
Dastlabki eshituvlar Seul okrug sudida bo‘lib o‘tmoqda. Sudning birinchi yig‘ilishini Janubiy Koreya televideniesi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etmoqda. Chxve Sun Sil va prezidentning ikki sobiq kotibiga qarshi ayblovlar o‘tgan oyda ilgari surilgandi.
Chxve Sun Sil hech qanday lavozimlarni egallamagan, biroq prezidentning dugonasi Pak Kin Xe bilan yaqinligidan davlat ishlariga aralashish va shaxsiy boyish maqsadida foydalangani, shu tariqa yirik kompaniyalardan millionlab dollar olgani bildirilmoqda.
Mamlakatda prezidentlik vakolati vaqtincha bosh vazir Xvan Gyo Anga topshirilgan. Pak Kin Xening kelgusi taqdirini Konstitusiyaviy sud hal qilishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi