Suriyada "Jibhat an-Nusra" terrorchilik guruhi saflarida turib janglarda ishtirok etgan ikki nafar suriyalik qochqin Germaniyada qo‘lga olindi.
Kun.uz nashrining xabar berishicha, qo‘lga olinganlardan biri 23 yoshli Mussa bo‘lib, u Germaniyaga kelguncha Raqqada yashagan. U terrorchilik tashkiloti va Suriya hukumat kuchlariga qarshi harbiy harakatlarda ishtirok etishda ayblanmoqda.
Avvalroq Saksoniyada suriyalikning ehtimoliy sherigi qo‘lga olingandi, u ham suriyalik 30 yoshli Abdulmalik degan kimsa bo‘lib chiqqan. U harbiy jinoyatlarda va terrorchilar safida As-Saura shahridagi janglarda ishtirok etishda gumon qilinmoqda. Germaniya prokuraturasi uni 2013 yilda suriyalik snayperni qatl etishga aloqadorlikka tekshirmoqda. Tergovchilarning fikricha, snayperni aynan shu terrorchi qatl etgan.
Ikkala ayblanuvchi ham vertolyotda Karlsruega etkazilgan, ularga ayblovlar e’lon qilingan. Terrorchilardan biri Mussa keyinroq Berlinga jo‘natilib, vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi