06:01 / 20.05.2017
8 066

Iroqlik keksa ayollar IShID jangarilariga qarshi jangga kirishdilar

Iroqlik keksa ayollar IShID jangarilariga qarshi jangga kirishdilar
Iroqda IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashga keksa yoshli ayollar ham qo‘shilishdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz nashri.

Britaniyaning The Telegraph nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ayollar ularning qishloqlaridagi barcha erkaklar jangarilar tomondan o‘g‘irlanib ketilgani va o‘ldirilganidan keyin qo‘llariga qurol olishga qaror qilishgan.

Nashrning ma’lum qilishicha, 80 yoshli Sofiya ismli ayol 2014 yildan beri terrorchilar nazoratida bo‘lgan Mo‘sul shahridan 60 km uzoqlikda yashaydi. Ta’kidlanishicha, Sofiya va uning dugonalari oxirgi oylarda qishloqlariga jangarilar tomondan sodir etilgan hujumlarni ikki marotaba qaytarishga muvaffaq bo‘lishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iroqlik keksa ayollar IShID jangarilariga qarshi jangga kirishdilar