19:59 / 23.08.2017
6 595

Oq koala ijtimoiy tarmoqlarda sensasiyaga aylandi

Oq koala ijtimoiy tarmoqlarda sensasiyaga aylandi
Noyob oq rangdagi koala ijtimoiy tarmoqlarda haqiqiy sensasiyaga aylandi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

U Avstraliyaning Kvinslendidagi hayvonot bog‘ida tug‘ilgan birinchi oq koalaga hamda bu mavsumda dunyoga kelgan hisob bo‘yicha 12-koalaga aylandi.

Hayvonning oq rangi albinizm bilan bog‘liq emas, biroq, aftidan, onasidan meros bo‘lib o‘tgan resessiv gen tufaylidir.

Hayvonot bog‘i ma’muriyati ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga mitti koala uchun nom o‘ylab topishni taklif qildi. Hozir variantlar orasida Elza, Kukongola, Balakrishna, Deyneris bor.

Koala haqidagi rolikni 595 ming marotaba ko‘rishdi, u haqidagi post esa hayvonot bog‘ining feysbukdagi sahifasida 42 ming layklarni yig‘di.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oq koala ijtimoiy tarmoqlarda sensasiyaga aylandi