AQShda qarovsiz qoldirilgan bolalar 1,5 yashar singlisini o‘ldirib qo‘ydi

  • Dunyo
  • 24-11-2015, 14:06
  • 1 812
  • AQShning Texas shtati Xyuston shahrida ikki nafar uch yoshli bola o‘zlarining 1,5 yashar singlisini duxovkaga solib, o‘ldirib qo‘ydi, deya xabar bermoqda «Interfaks». Qizcha kuyish natijasida vafot etdi.

    AQShda qarovsiz qoldirilgan bolalar 1,5 yashar singlisini o‘ldirib qo‘ydi

    Bolalarning onasi kichkia qizini va yana uch farzandini uyda yolg‘iz qoldirib, o‘zi do‘sti bilan dori va oziq-ovqat sotib olishga ketgan. Ayol etti oylik homilador.

    Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, bolalarning buvisi ham o‘sha binoda yashaydi, biroq ona unga uydan chiqib ketayotganini aytmagan.

    Hozircha ayolga nisbatan hech qanday ayblov e’lon qilinmadi, bolalar vaqtincha ijtimoiy xizmatlar qaramog‘iga o‘tdi.


    Manba: Daryo.uz

    » » AQShda qarovsiz qoldirilgan bolalar 1,5 yashar singlisini o‘ldirib qo‘ydi
    Яндекс.Метрика