AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika, Britaniya va Fransiya harbiylari tomonidan Suriyaga berilgan aviazarbalar yuzasidan fikr bildirdi, deya xabar bermoqda Daryo.
«Kecha oqshom zarbalar ideal darajada berildi. Fransiya va Buyuk Britaniyaga ularning donoligi va harbiy qudrati uchun rahmat. Bor imkoniyatdan eng yaxshi natija ko‘rsatildi. Missiya bajarildi!», — deb yozdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.
Trampning qo‘shimcha qilishicha, u «yaqin vaqt ichida mamlakat tarixidagi eng yaxshisi aylanadigan» Amerika armiyasi bilan faxrlanadi.
14 aprelga o‘tar kechasi AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Suriyadagi bir necha nishonga aviazarbalar berdi; ta’kidlashlaricha, nishonga olingan ob’ektlar Suriyaning kimyoviy qurol dasturi uchun ishlardi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari 71 ta qanotli raketani urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan. Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Suriya tomon 100 dan ziyod raketa va boshqariluvchi bombalar uchirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi