Islandiyalik Sindri Tor Steffanson kriptovalyuta mayningi uchun 600ta kompyuterni o‘g‘irlashda ayblanib fevral oyida qamalgan edi. Yaqinda u qamoqdan qochdi va Shvetsiyaga uchib ketdi. Voqeaning «qaymog‘i» ham shu — u mamlakat bosh vaziri bilan bitta samolyotda uchgan... Bu haqda «Reuters» agentligi Islandiyaning «RUV» telekanaliga asoslanib xabar tarqatdi.
Sindri Tor Steffanson qamoqdan 17 aprel kuni qochgan. Oradan bir necha soat o‘tib, Reykyavik — Stokgolm yo‘nalishida uchayotgan «Icelandair» aviakompaniyasi samolyotida mamlakatni tark etgan.
«RUV» xabarida shu samolyot yo‘lovchilari orasida Islandiya bosh vaziri Katrin Yakobsdouttir ham bo‘lgani aytiladi. Bosh vazir hindistonlik hamkasbi Narendra Modi bilan Stokgolmda uchrashishni rejalashtirgandi.
Politsiya jinoyatchining qanday qilib bu samolyot bortida paydo bo‘lib qolganini hozircha aniqlashtira olgani yo‘q. Aftidan, u birovning nomiga chipta sotib olgan. Islandiya ham Shengen shartnomasiga a’zo bo‘lgani uchun Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlariga uchishda chegara nazorati yo‘q.
Islandiya hukumati jinoyatchini xalqaro qidiruvga berdi. Biroq Steffansonni hozircha tutishning iloji bo‘lgani yo‘q.
«Bloomberg» xabar berishicha, Steffanson Islandiya janubida — Reykyavik aeroportidan 95 kilometr uzoqlikdagi yaxshi qo‘riqlanmaydigan Son qamoqxonasida saqlangan. Bu qamoqxona devorlar bilan o‘ralmagan. Tutqunlar telefon va internetdan bemalol foydalanishlari mumkin bo‘lgan.
Steffanson sheriklari bilan o‘g‘irlagan 600 ta kompyuterning umumiy qiymati 2 million dollarga teng. Bu Islandiya tarixidagi eng katta o‘g‘rilik hisoblanadi. Jinoyatga aloqadorlikda gumon qilingan yana 10 kishi hibsga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi
Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi
Sankt-Peterburgda yo‘lovchi avtobus daryoga qulab tushdi (video)
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”
Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi
Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi